Jahon, Siyosat

Putin Erdo‘g‘anga terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Putin Erdo‘g‘anga terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Oplus_131072

Rossiya va Turkiya rahbarlarining uchrashuvi Qozonda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida Putin bunday harakatlar, qanday sababdan amalga oshirilishidan qatʼiy nazar, ularni qoralashini ta’kidladi.

Erdog‘an, o‘z navbatida, teraktda 4 kishi qurbon bo‘lganini va 14 kishi jarohatlanganini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, Putin Rossiya Turkiyaning ishonchli hamkori ekanini qo‘shimcha qildi.

O‘tgan yili Rossiya va Turkiya orasida savdo aylanmasi 55,4 milliard dollarni tashkil etdi, sayyohlar oqimi esa 20,7 foizga oshdi, dedi Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda.

Shuningdek, Turkiyada xalqaro gaz xabini yaratishga tayyorgarlik ko‘rish davom etayotganini va Moskva ishonchli yetkazib beruvchi bo‘lib qolayotganini taʼkidladi.

Undan tashqari, Moskva va Anqaraning Yaqin Sharq bo‘yicha prinsipial pozitsiyalari juda yaqin, dedi Putin.