Bankdan 2 mlrd 150 mln soʻm miqdorida kredit olib o‘z maqsadlari yoʻlida sarflab yuborgan qidiruvdagi shaxs qaynotasining yertoʻlasidan topildi.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaro 2022-yilda tijorat banklarining biridan 2 mlrd 150 mln soʻm miqdorida kredit olishga erishgan. Lekin bu mablagʻga 125 bosh zotli qoramol olish oʻrniga boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.
Prokuratura tomonidan unga qarshi JKning 167-moddasi (Oʻzlashtirish va rastrata qilish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.agi uyida yer to‘ladan topildi va hibsga olindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!