Jahon

Kurskka KXDRdan birinchi harbiy xizmatchilar yetib keldi – Ukraina razvedkasi

Kurskka KXDRdan birinchi harbiy xizmatchilar yetib keldi – Ukraina razvedkasi

KXDRdan avvalroq Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan birinchi harbiy qismlar Kursk viloyatiga yetib keldi. Bu haqda kecha, 24-oktyabr kuni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bir kun avval jangovar zonada KXDR askarini ko‘rishgan. Ularning mashg‘ulotlari Rossiya sharqida joylashgan beshta harbiy poligonda bo‘lib o‘tgan.

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uchta general Rossiyaga o‘tkazilgan. Ularni tayyorlash va moslashtirish uchun Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Evkurov masʼul etib tayinlangan.