Yangi Toshkent qurilishi uchun Yuqori Chirchiqdan 110,4 gektar yer maydoni ajratildi.
Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, bu yer «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish uchun berildi.
Tumanning «O‘zbekiston», «Guliston» va «Istiqlol» mahallalari yangi shahar hududiga qo‘shildi.
Avvalroq, Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga oʻtkazilgani ma’lum qilingan edi. Xususan, Yuqori Chirchiq tumanidan 11 ta – “Istiqlol”, “Gulobod”, “Navroʻz”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yoʻl”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Sahovat” va “Qizilsoy” MFY. Oʻrta Chirchiq tumanidan esa 3 ta – “Mustaqillik”, “Yangi Turmush” va “Mashʼal” MFY oʻtkazilmoqda.
Viloyat hokimining tegishli qaroriga ko’ra, Toshkent viloyatidan umumiy 158,67 gektar yer ajratilgan edi.
Yuqori Chirchiq tumanidan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” ga doimiy foydalanishi uchun ajratib berilgan hududlar:
“Guliston” MFY – 66,67 gektar;
“Istiqlol” MFY – 13,92 gektar;
“Istiqbol” MFY – 78,08 gektarni tashkil qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!