Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga koʻpaygan.
Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 61,7 ming kishiga oshgan.
2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!