Iqtisod, Jamiyat

Kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya oladi

Kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya oladi

Endi kam ta’minlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya oladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bir martalik kompensatsiya uchun davlat 370 mlrd so‘m yo‘naltiradi. Kompensatsiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Oktyabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to‘lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha 270 ming so‘m to‘laydi:

  • asosiy ro‘yxat bo‘yicha. Unga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
  • qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).

To‘lov gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi oqibatini yumshatishda yordam beradi.

Shuningdek, xabarda fuqaro nogironligi bor bola uchun nafaqa olayotgan bo‘lsa, asosiy ro‘yxatga kiramasligi qayd etilgan. Asosiy ro‘yxatga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bola nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar kiradi. Ammo bu fuqarolar qo‘shimcha ro‘yxatga kirishi mumkin.

Fuqaroning oilasi katta bo‘lsa, u keltirilgan mablag‘dan tashqari elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun boshqa kompensatsiya ham oladi. Bu ikki kompensatsiya isitish mavsumida gaz va elektr uchun to‘lov qilishda yordam beradi.

Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oladigan bo‘lsa, kompensatsiya avtomatik ravishda o‘sha kartaga tushadi.  “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”dan bir nechta oila yashaydigan bo‘lsa, har bir oila 270 ming so‘mdan oladi.

“Bir necha bolaga nafaqa oladigan fuqarolar kompensatsiya ko‘proq olmaydi, kompensatsiya miqdori bolalar va oila a’zolari soni va boshqa shartlarga bog‘liq emas. Miqdori hamma uchun bir xil – 270 ming so‘m”, deyiladi xabarda.

Bir martali kompensatsiyani qo‘shimcha ro‘yxatdagi kam ta’minlanganlar – boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz onalar, nogironlar va boshqa ehtiyojmandlar ham oladi.

“Bir martali kompensatsiya – davlatdan yagona yordam emas. Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalar yana elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun ham kompensatsiya oladilar” deyiladi xabarda.