Viloyat shaharlaridagi avtobuslarlarda bir kishi uchun chipta narxi 3 ming soʻm etib belgilandi. Elektron toʻlov orqali esa bu miqdor 2400 soʻmni tashkil etadi.
Jamoat transportining yangi tabaqalashtirilgan narxlari belgilandi. Bu haqda hokim Xayrulla Bozorovning qarori eʼlon qilindi.
Yoʻnalishli taksilar (mikroavtobuslar) uchun narxlar 4 ming soʻm etib belgilangan. Avtobuslarda 7 yoshgacha boʻlgan bolalardan haq olinmaydi.
Shuningdek, qaror ilovasiga muvofiq, jamoat transporti tarif rejalari tasdiqlandi. Unga koʻra, oylik tarif oddiy yoʻlovchilar uchun 200 ming soʻm, pensioner va talabalar uchun esa 100 ming soʻmni tashkil etadi. Bir yillik tarif oddiy yoʻlovchilarda 2,3 mlnni, pensionerlarda 1 mln 150 ming etib belgilangan.
Agar yoʻlovchilar birinchi avtobusga 2400 soʻm toʻlov qilib, bir soat ichida ikkinchi avtobusga oʻtsa 1600 soʻm toʻlaydi, uchinchisi esa tekin boʻladi.
Mazkur qaror 2024-yil 29-oktabrda eʼlon qilingan va shu kundan kuchga kirgan deya hisoblanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!