Rossiya parlamenti noqonuniy migratsiya tashkil qilganlik, ya’ni tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yashash va ishlash uchun mamlakatga kiritish faoliyati uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonunni ma’qulladi.
Bundan tashqari, fuqaroligi boʻlmagan xorijliklarni soxta roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirish, shuningdek, ushbu sohada vositachilik xizmatlarini taqdim etuvchi saytlarni sudsiz bloklash taklif qilinmoqda.
Oʻtgan shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin muhojirlar bilan soxta nikohga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan edi. Unga koʻra, chet elliklar soddalashtirilgan shaklda vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini mamlakat fuqarosi bilan munosabatlarni roʻyxatdan oʻtkazgandan keyin faqat 3 yil oʻtgach olishlari mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, Davlat Dumasi noqonuniy muhojirlik jinoyat sodir etishni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida qabul qilinishini koʻzda tutuvchi qonun loyihasini ham qabul qildi.
Deputatlarning fikricha, RFda noqonuniy boʻlish qasddan insofsiz va noqonuniy xatti-harakatlardan dalolat beradi va bunday shaxs uchun mas’uliyatni oshiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!