Jamiyat

Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi

Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi

Andijon shahrida 31-oktabr kuni 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro R.F. soat taxminan 22:40 larda ustiga benzin sepib, Ilg‘or mahallasidagi to‘yxonada joylashgan Paynet shoxobchasi yonida o‘zini yoqib yuborgan.

U tanasining turli qismidan kuyish jarohatlarini olgan va RSHTYOIAM viloyat filialiga olib borilgan. Fuqaroga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yigit ustiga benzin sepib, shoxobchaga kirgani, o‘zini yoqib yuborib, voqea joyida qaytib chiqqani hududda o‘rnatilgan videokameralar tomonidan qayd qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda yigit onlayn qimor o‘yinida katta miqdordagi mablag‘ni boy bergani uchun o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura o‘z joniga qasd qilish holatining sababi o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro R.F. olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.