Qayd etilishicha, qo‘mitaning 5-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etildi.
So‘nggi ikki savdo kunida propan narxi 15 foizdan ko‘proqqa qimmatladi va seshanba kuni bir tonnasi uchun 10,1 million so‘mdan oshdi.
“Spot” manbalariga ko‘ra, 6-noyabr kuni propanning birja narxi keskin pasaygan, chunki suyultirilgan gazning boshlang‘ich narxi bozor narxidan ancha past bo‘lgan. Shunday qilib, narxlarning yuqori darajasi birja kotirovkalarini sun’iy ravishda ushlab turadi, bu esa raqobatni cheklaydi, chunki barcha ishtirokchilar ruxsat etilgan maksimal narxni taklif qilishlari mumkin.