Yaponiya imperatorlik oilasining eng keksa a’zosi malika Yuriko Mikasa 101 yoshida vafot etdi. Bu haqda imperatorlik maishiy idorasiga tayanib, NHK xabar berdi.
Qayd etilishicha, malika Yuriko joriy yilning 3-mart kunidan beri Tokio klinikalaridan birida shifokorlar tomonidan qo‘yilgan insult va aspiratsion pnevmoniya belgilari bilan davolanayotgan edi.
4-iyun kuni malika Yuriko Mikasa o‘zining 101 yoshini nishonlagan. NHK telekanalining qayd etishicha, malika o‘limi uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Takahitoning sakkiz yil avval vafot etganidan beri imperator oilasida birinchi yo‘qotish bo‘lgan. Malika Yuriko vafotidan keyin imperator oilasida 16 kishi qoldi.
Malika Mikasa turli xayriya tashkilotlarining, ayniqsa an’anaviy yapon madaniyatini saqlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning faxriy prezidenti edi. Shuningdek, Mikasa shahzoda Takahitoning bevasi, imperator Xiroxitoning singlisi va hozirgi monarx Naruxitoning buvisi edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!