Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi.
Qonunga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:
— jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
— uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
— tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!