Olimpiada o‘tkazilayotgan joylarda ishtirokchilar uchun ham, ularning kuzatuvchilari uchun ham barcha sharoit yaratilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning uchinchi muhim bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar birinchi o‘rin uchun Bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari, ikkinchi o‘rin uchun to‘rt baravari, uchinchi o‘rin uchun esa uch baravari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Asosiy fan olimpiadalarining 1-kunida fizika, kimyo, matematika, biologiya (11-sinf) hamda informatika fani (10-sinf) o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Bugun olimpiada ishtirokchilari test sinovlarida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fan olimpiada jarayonlari 4-dekabrga qadar davom etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!