Toshkent viloyati, Zangiota numanida 1,5 mingdan ortiq odam uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Bungacha tumandagi “Zarafshon” MFY aholisi ichimlik suvidan grafik asosida foydalanib kelgan.
Hududda OTB krediti evaziga suv taqsimlash inshooti qurilib, 2 ta 200 metr kubli yopiq suv saqlash hovuzi, nasos-inshooti va agregatlari oʻrnatilgan.
Shuningdek, 4200 metrli ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, 176 ta xonadonga hisoblagich qoʻyildi, deb xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!