Jamiyat

Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi

Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasida, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan.

Tibbiy ko‘rik natijasida mahkumlarga ushbu moddani qo‘llash zarurligi haqida xulosa berildi.

Mazkur ish yuzasidan mahkumlar jazodan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi.