2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari belgilandi.
Unga ko’ra, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to’lash barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha, to’lov miqdorining 50 foizini to’lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilandi.
Belgilangan muddatlarda to’lov-kontrakt mablag’larini o’z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt va undan tushgan mablag’larini taqsimlash tartibi to’g’risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o’qitish uchun belgilangan to’lov-kontrakt mablag’ini o’z vaqtida amalga oshirmaganlik sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ogohlantirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!