Jahon

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya elektr tarmog‘idan uzilib, Yevropa tarmog‘iga qo‘shiladi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya elektr tarmog‘idan uzilib, Yevropa tarmog‘iga qo‘shiladi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari 8-fevral kuni Rossiya elektr tarmog‘idan uzilib, Yevropa tarmog‘iga qo‘shiladi.

«Hozirgi vaqtda Estoniya, Latviya va Litva energiya tizimlari IPS/UPS tizimida ishlaydi, bunda chastota Rossiya tomonidan boshqariladi.

Kontinental Yevropa energiya tizimi bilan sinxronizatsiya tizimdagi chastotani mustaqil ravishda nazorat qilish va oshirish imkonini beradi.

Bu esa Boltiqbo‘yi davlatlarining energiya xavfsizligini ta’minlaydi», deyiladi Estoniyaning Elering energetika kompaniyasi bayonotida.

16-iyul kuni Boltiqbo‘yi mamlakatlari elektr energetika tizimlari Rossiya va Belarus elektr energetika tizimlari operatorlarini BRELL shartnomasidan (Belarus – Rossiya – Estoniya – Latviya – Litva energiya halqasi) chiqishlari to‘g‘risida rasman xabardor qilgan edi.

Estoniya, Latviya va Litva SSSR davridan beri Rossiya tomonidan boshqariladigan yagona sinxron energiya zonasining bir qismi bo‘lgan.