Elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejaga amal qilmagani uchun 12 ta hokimga “hayfsan” berildi.
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
“Hayfsan” Oqoltin, Mirzaobod, Bo‘stonliq, Bekobod, Zangiota, Toshkent, Yangiyo‘l, Bog‘dod, Beshariq, So‘x, Furqat tumanlari va Qo‘qon shahar hokimlariga berildi.
Shuningdek, ko‘mir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz ko‘mir tarqatish kabi holatlar ko‘p kuzatilgani uchun “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yakubov oxirgi marta ogohlantirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!