O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 2024-yilning 1-oktyabri holatiga 37,4 million kishini tashkil qilgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan.
Shahar aholisi qishloq aholisidan ko‘proq bo‘lib, ularning soni mos ravishda 19 mln 47,1 ming va 18 mln 308,3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Aholi tarkibida erkaklar soni ayollar sonidan biroz ko‘proq:
• Erkaklar: 18 mln 809,5 ming kishi
• Ayollar: 18 mln 545,9 ming kishi
Statistika agentligi maʼlumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar aholining shaharlashuv darajasi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!