Jamiyat

Toshkentdagi «zapravka»dan videomurojaat yo‘llagan fuqaro sud zalidan ozod qilindi

Toshkentdagi «zapravka»dan videomurojaat yo‘llagan fuqaro sud zalidan ozod qilindi

Sud jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan chiqarilgan qarorni qisman bekor qildi va qo‘llanilgan jazo o‘talgan deb hisobladi.

O‘tgan yilning dekabr oyida navbati yetganida metan «zapravka» yopilib qolganidan norozi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarga video murojaat chiqargan G‘.D. MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 15 sutkaga qamalgani va bugun, 3-yanvar kuni Toshkent shahar sudida ish apellyatsiya instansiyasi tartibida ko‘rib chiqilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu ma’muriy sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida OAV va advokatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining 2024-yil 26-dekabr kunidagi  sudlanuvchi G‘.D.ga nisbatan chiqargan qarori o‘zgartirildi.

Apellyatsiya instansiyasi tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra G‘.D. MJtKning 183-moddasi bilan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va ushbu ma’muriy qamoq jazosi o‘talgan deb hisoblandi. Sudlanuvchi G‘.D. sud zalidan, ma’muriy qamoqdan ozod qilindi. Apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.