Jamiyat

Samolyotda bort kuzatuvchilarga shilqimlik qilgan yo‘lovchi qamaldi

Samolyotda bort kuzatuvchilarga shilqimlik qilgan yo‘lovchi qamaldi

Sochidan Toshkentga uchgan samolyotda yo‘lovchi mast holda, o‘zini tutish qoidalarini buzgan, aviakompaniya xodimlariga nisbatan odobsiz xatti-harakatlar qilgan.

Toshkentga yetib kelgach, unga nisbatan surishtiruv olib borilgan va sudga yuborilgan.

Sud qarori bilan yo‘lovchi jinsiy tajovuzkorlik va jamoat joyida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishda aybdor deb topilib, 5 sutka qamoq va 375 ming jarimaga hukm qilingan.