Jamiyat

Oʻzbekistonda uylar is gazi signalizatori bilan jihozlanadimi?

Oʻzbekistonda uylar is gazi signalizatori bilan jihozlanadimi?

O‘zbekistonda turar joy binolari qurilishiga yangi talablarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Avtomobillar uchun toʻxtash joyi qurish majburiy boʻladi

Sentyabr oyiga qadar ko‘p xonadonli turar joy binolarini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish jarayonida avtomobillar uchun yerosti to‘xtash joylarini tashkil etishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida yerusti avtoturargohlar ham qayd etilgan.

Yana qanday takliflar bor?

Boshqa takliflar orasida chiqindi, yomg‘ir va texnik suvdan foydalangan holda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, sanitariya-texnik vositalar iste’mol qiladigan suv hajmini 3—6 litrgacha cheklash, suv sarfini kamaytirish uchun aerator aralashtirgichlardan foydalanish kabilar ham bor.

Bundan tashqari, binolar devorlarini bazalt asosidagi materiallar bilan izolyatsiyalash (2023-yilda Toshkent shahridagi uylar ommaviy ravishda bazalt plitalar bilan qoplangan) va uylarni is gazi signalizatori bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.