Braziliyaning Ubatuba shahridagi Gastan-Madeyra aeroportida Cessna Aircraft biznes-jeti shahar sohilida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi, oqibatda samolyot portladi. Bu haqda “Shot” xabar berdi.
Hodisa oqibatida yetti kishi, jumladan, sohilda dam olayotganlar ham jabrlangan. Samolyot uchuvchisini qutqarib bo‘lmagan. Samolyotda besh kishi bo‘lgan. Voqea guvohlari aksariyati bolalar bo‘lgan yo‘lovchilarni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Uchuvchi halok bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot halokatiga yomon ob-havo sharoiti va yomg‘irdan ho‘l bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi sabab bo‘lgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ularning sog‘lig‘i qoniqarli deya baholanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!