Jahon

 Los-Anjelesning yonib ketishini Bayden urush zonasiga qiyosladi

 Los-Anjelesning yonib ketishini Bayden urush zonasiga qiyosladi
AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Los-Anjeles o‘rmon yong‘inlaridan shunchalik zarar ko‘rganki, uni urush zonasiga qiyoslash mumkin. Bu haqda u Oq uyda o‘z ma’muriyatining yuqori martabali xodimlari bilan favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish choralari muhokama qilingan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS” .

«Bu menga bombardimondan keyin harbiy amaliyotlar olib borilayotgan joyni eslatdi», dedi hozirgi Amerika rahbari.