Ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, 2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.
Metropoliten 2024-yil 31-dekabrda ham 3 ta “Metrovagonmash” (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan poyezd olganini e’lon qilgandi.