Hukumat O‘zbekistonda mehmonxonalar sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi choralarni e’lon qildi.
Hujjatga koʻra, tumanlarda (shaharlarda) kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Subsidiyalar qanday mehmonxonalarga ajratiladi?
Subsidiyalar faqat yangi qurilgan kichik mehmonxonalar uchun ajratiladi. Ushbu yordam rekonstruksiya qilingan binolarga tatbiq etilmaydi. Mehmonxonalar 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda sertifikat olgan bo‘lishi kerak.
Subsidiyalar miqdori qanday belgilanadi?
Kichik mehmonxonalar uchun ajratiladigan subsidiyalar quyidagicha hisoblanadi:
– 10 million so‘m – agar mehmonxona 10 tadan kam xona bo‘lsa;
– 15 million so‘m – agar mehmonxona 15 tadan kam xona bo‘lmasa;
– 20 million so‘m – agar mehmonxona 20 tadan kam xona bo‘lmasa.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!