Hodisa, Jamiyat

Qashqadaryoda 3,9 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 15.01.2025 12:32 da (15.01.2025 yil, Grinvich boʻyicha 07:32 da) zilzila sodir boʻldi.

Epitsentr: Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani. Zilzila koordinatalari: 38,66 gradus shimoliy kenglik; 66,64 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km janubiy-gʻarbda.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Qamashi tumanida 2 ball, 13 km.