Jamiyat

Qush bozorida reyd

Qush bozorida reyd

Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi qush bozorida noqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi qushlar va hayvonlar sotilayotgani aniqlandi.

Ekologiya vazirligi ma’lumotiga ko`ra, 1168 dona qush va 35 dona cho`l toshbaqasi daliliy ashyo sifatida olib qo`yilgan.

Qushlar o`zlariga mos tabiiy muhitga qo`yib yuborildi. Cho`l toshbaqalari vaqtincha Toshkent hayvonot bog`iga, 3 dona qirg`iysimonlar esa Yovvoyi qushlarni himoya qilish jamiyatiga topshirildi. Ular tibbiy nazorat va parvarishdan so`ng tabiatga qo`yib yuborilishi rejalashtirilgan.