Kecha, 15-mart kuni Serbiyaning Belgrad shahrida 100 mingdan ortiq kishi norozilik namoyishiga chiqdi. Bu mamlakatda noyabr oyidan beri davom etayotgan eng yirik aksiyalardan biri bo‘ldi.
Namoyishchilarning asosiy talabi – mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchichning iste’fosidir. Aksiya avvaliga talabalar tomonidan boshlangan bo‘lsa-da, unga shifokorlar, o‘qituvchilar, baykerlar va fermerlar ham qo‘shildi.
Namoyish davomida bir avtomobil olomonga urildi, uch kishi jarohat oldi, haydovchi esa qo‘lga olindi. Ayrim joylarda politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi, prezident qarorgohi va parlament atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!