“Tashabbusli byudjet” jarayonlarida majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabatida (https://t.me/minecofinuz/11469) .
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi. Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilgan.
“Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilangan. Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz», deyiladi rasmiy munosabatda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!