Rossiyada 1.4 mln nafar Oʻzbekiston fuqarosi bor. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Mehnat forumida maʼlum qildi.
2024 yil oxirida Rossiyada jami 6,3 mln xorijliklar bo‘lgan va ularning aksariyati qonuniy asosda yashab kelmoqda.
▪️1,4 mln (23%) 🇺🇿O‘zbekiston fuqarolari.
▪️1 mln (17%) 🇹🇯tojikistonliklar,
▪️663 ming (10%) 🇰🇬Qirg‘iziston fuqarolari tashkil qiladi.
Shuningdek, 594 ming 🇧🇾Belarus, 440 ming 🇺🇦Ukraina, 271 ming 🇦🇿Ozarbayjon, 259,7 ming 🇦🇲Armaniston, 226,7 ming 🇰🇿Qozog‘iston, 128,5 ming 🇹🇲Turkmaniston va 124,9 ming 🇲🇩Moldova fuqarolari bor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!