Jahon, Sport

2026-yilgi jahon chempionati qur’asi Vashingtonda o‘tkaziladi

2026-yilgi jahon chempionati qur’asi Vashingtonda o‘tkaziladi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi sanasi va joyi aniq bo‘ldi. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, tadbir shu yil 5 dekabr kuni AQSh poytaxti Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

“Jahon chempionati tarixidagi eng yirik va eng ko‘p kutilgan qur’a marosimini AQSh madaniy yuragi bo‘lgan Kennedi markazida o‘tkazish biz uchun sharafdir. Bu — turnirga tayyorgarlikdagi muhim bosqich bo‘lib, 2026-yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlikning asosiy voqealaridan biri hisoblanadi. Jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV vakillari va muxlislarni AQSh poytaxtida kutib olishga intizormiz”, — dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

2026-yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta milliy jamoa, jumladan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.