Isroil harbiylari Yaman poytaxti Sano shahridagi energetika obektlariga aviazarbalar uyushtirdi. Bu haqda Al Masirah telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar prezident saroyi yaqinidagi harbiy lager, Yemen Petroleum Company (YPC) yonilg‘i to‘ldirish stansiyasi va “Haziz” elektrostansiyasiga yo‘naltirilgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan.
Husiylar axborot xizmati rahbarining o‘rinbosari Nasruddin Amir esa Isroil hujumining katta qismi qaytarilganini ma’lum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!