O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25–26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit kun tartibida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!