30-avgustdan 8-sentyabrga qadar mamlakatimizda “CAFA Nations Cup” xalqaro futbol musobaqasi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, O‘mon, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va Hindiston terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalar ikki guruhga bo‘lingan. O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida O‘mon, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasi bilan raqobatlashadi. “B” guruhida esa Tojikiston, Eron, Hindiston va Afg‘oniston kuch sinashadi.
Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlari yangi qurib bitkazilgan “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi. Qolgan uchrashuvlar Toshkentdagi “Jar” stadionida tashkil etiladi.
O‘yinlar taqvimi:
30 avgust
Qirg‘iz Respublikasi – Turkmaniston. “Jar” stadioni, 17:00
O‘zbekiston – O‘mon. “Olimpiya” stadioni, 19:30
2 sentyabr
O‘mon – Qirg‘iz Respublikasi. “Jar” stadioni, 17:00
Turkmaniston – O‘zbekiston. “Olimpiya” stadioni, 19:30
5 sentyabr
Turkmaniston – O‘mon. “Jar” stadioni, 17:00
O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi. “Olimpiya” stadioni, 19:30
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!