Hodisa

O‘zbekistonda jazirama havo kutilmoqda

O‘zbekistonda jazirama havo kutilmoqda

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 25–29-avgust kunlari respublika hududida havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, kunduzgi harorat 36–39 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarida esa 40 darajagacha yetishi mumkin.

Shamol shimoliy va cho‘l hududlarida 13–18 m/s tezlikda esishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Umuman, havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda.

📍 Toshkentda ob-havo:

Havo ochiq va quyoshli bo‘ladi

Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi

Kunduzgi harorat 36–39 daraja

Tungi harorat 21–24 daraja atrofida bo‘ladi

Mutaxassislar jaziramada ko‘proq suv iste’mol qilish, salqin joylarda bo‘lish va yengil kiyim tanlashni tavsiya etmoqda.