Jamiyat

Mo‘ynoqdagi gaz otilgan quduq jilovlandi

Mo‘ynoqdagi gaz otilgan quduq jilovlandi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq maydonida 26-iyul kuni “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli 1-son izlov qudug‘ida yuzaga kelgan gaz otilishi bir oydan so‘ng jilovlandi.

“O‘zbekneftgaz” ma’lumotiga ko‘ra, vaziyatni bartaraf etish uchun tezkor shtab tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hududiy boshqarma va mahalliy hokimlik mutaxassislari jalb qilingan. Jarayonlar maxsus “yo‘l xaritasi” asosida olib borilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, quduq turli talafotlarsiz jilovlandi. Ishlar malakali mahalliy mutaxassislar, xalqaro tajribaga ega hamkor kompaniyalar va maxsus texnika yordamida amalga oshirildi.

“Quduqni boshqarish imkoni yaratildi va vaziyat nazoratga olindi”, — deyiladi kompaniya xabarida.