Jahon

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qarshi sudga murojaat qildi

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qarshi sudga murojaat qildi

Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov o‘zining Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga qarshi sudga murojaat qildi. Da’vo uning advokati Yoaxim Shtaynxefel tomonidan Germaniya Federal sudiga taqdim etilganini Euronews xabar qildi.

YeI Kengashi Usmonovni “Putin manfaatlarini himoya qilgan”likda ayblagan. Ushbu ayblov Forbes nashridagi maqolaga asoslangan bo‘lib, Gamburg Yer sudi tomonidan rad etilgan.

Advokatning ta’kidlashicha, jurnalistning shaxsiy fikri sanksiya joriy etish uchun huquqiy asos bo‘la olmaydi. Shuningdek, Usmonov haqida chop etilgan yuzlab maqolalar keyinchalik o‘chirib tashlangan yoki tuzatilgan.

Forbesning o‘zi ham apellyatsiya jarayonida bahsli jumla muallifning subyektiv fikri ekanini bildirgan.

“YeI Kengashining dalillari asossiz. Ular rad etilgan va noaniq ma’lumotlarga tayanmoqda”, — dedi advokat Shtaynxefel.