Bosqinchi isroil va Eron o‘rtasida 12 kun davom etgan urushdan so‘ng Turkiya barcha 81 viloyatida bombapanohgohlar qurishni yo‘lga qo‘ydi.
Middle East Eye nashri xabariga ko‘ra, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ushbu loyihani iyun oyida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida ma’qullagan. O‘sha paytda isroil Eron hududlariga havo hujumlari uyushtirgan, Tehron esa bunga ballistik raketalar bilan javob qaytargan edi.
Bombapanohgohlarni barpo etish vazifasi Turkiya Uy-joy qurilish boshqarmasiga topshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya Milliy razvedka akademiyasi tayyorlagan “isroilning Eronga qarshi 12 kunlik urushi”ga oid hisobotda hukumatga erta ogohlantirish tizimlarini joriy etish hamda yaxshi jihozlangan bombapanohgohlar qurish tavsiya etilgan.
Hisobotda, shuningdek, yirik shaharlardagi metro stansiyalaridan foydalanish va mintaqaviy mojaro yuz bergan taqdirda tinch aholi orasidagi talafotlarni minimallashtirish choralari taklif qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!