O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30-avgust — 3-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlat rahbari 31-avgust — 1-sentabr kunlari Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi hamda “SHHT plyus” formatidagi sammitda ishtirok etadi. Tadbirlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Yakunda Tyanszin deklaratsiyasi hamda xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
2-sentabr kuni Pekinda O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Xitoy rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Suhbatlarda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
3-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!