Hodisa

Qashqadaryoda qurilish hududidan tushgan temir tirgak oqibatida 12 yoshli qiz vafot etdi

Qashqadaryoda qurilish hududidan tushgan temir tirgak oqibatida 12 yoshli qiz vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan bozor hududida 12 yoshli qiz qurilishdan tushgan temir tirgak urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea 26-avgust kuni soat 15:30 da “Oqtepa” MFY hududida sodir bo‘lgan. “Sanoat Maxkom” MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turar joy majmuasida mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani sababli 10-qavatdan temir tirgak tushib ketgan. U “Orzu” bozorida bo‘lgan maktab o‘quvchisining boshiga tushib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan sud tibbiy, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mutaxassislari jalb qilingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.