Madaniyat

Toshkentda ochiq osmon ostidagi konsert — teatr mavsumining ochilishi

Toshkentda ochiq osmon ostidagi konsert — teatr mavsumining ochilishi

Toshkent nafaqat boy merosi va zamonaviy infratuzilmasi, balki madaniy tadbirlari bilan ham sayyohlarni tobora ko‘proq jalb etmoqda.

6-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri oldidagi maydonda 96-teatr mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan “Ad astra” (“Yulduzlar sari”) konserti o‘tkaziladi.

Simfonik orkestr mashhur klassik va opera asarlarini ijro etib, kechani ochiq havodagi katta madaniy bayramga aylantiradi.

Mazkur tadbir sayyohlar uchun poytaxtga tashrif buyurishga alohida sabab bo‘lib, Toshkentning madaniy ruhini his qilish hamda an’analar va zamonaviylik uyg‘unligini ko‘rish imkonini beradi.