Jinoyat, Siyosat

SHHT Tyanszin sammitida xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya asosiy mavzuga chiqadi

SHHT Tyanszin sammitida xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya asosiy mavzuga chiqadi

Bugungi globallashuv davrida xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish va xavfsizlikni ta’minlash tashabbuslari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) 2025 yil Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammiti jahon hamjamiyati uchun strategik voqea sifatida baholanmoqda.

Sammitda 20 dan ortiq davlat rahbarlari va 10 ga yaqin xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. SHHT geostrategik tahlilchilar fikricha, dunyo aholisining qariyb yarmini va global iqtisodiyotning chorak qismini qamrab oluvchi tashkilot sifatida tinchlik, taraqqiyot va xavfsizlik masalalarini hal qilish imkoniyatiga ega.

Kun tartibida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

Xavfsizlik va barqarorlik – terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash, strategik sheriklikni mustahkamlash.

Global boshqaruv – BMT nufuzini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro moliyaviy institutlarda adolatli ovoz tizimini shakllantirish.

Iqtisodiy hamkorlik – savdo aloqalarini soddalashtirish, raqamli iqtisodiyot, energetika va “yashil” sanoatni rivojlantirish.

Ekologiya – iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar, ekologik xavfsizlik va resurslardan oqilona foydalanish.

Madaniyat va turizm – xalqlararo muloqotni mustahkamlash, sayyohlik aloqalarini kengaytirish.

Texnologiyalar – sun’iy intellekt va raqamli hamkorlikning yangi imkoniyatlari.

Sammit yakunida Tyanszin deklaratsiyasi hamda xavfsizlik, iqtisodiyot, turizm va ekologiya sohalarida sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.