O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi joriy yilgi paxta terimi narxlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Vazirlikka ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “paxta terimi uchun 1 kilogrammiga 1 800 so‘m to‘lanadi” haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Belgilangan narxlarga muvofiq:
- mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kilogrammi uchun – 1 373 so‘m,
- qo‘l mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kilogrammi uchun – tavsiyaviy 2 000 so‘m (yakuniy narx klaster, fermer va terimchilar o‘rtasida kelishuv asosida belgilanadi),
- paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan har bir kilogramm uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi terim narxlarini belgilash va subsidiya tartibiga oid barcha jarayonlarni nazorat qilishini ma’lum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!