4-sentyabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Tyanszin sammitida ilgari surilgan yangi taklif va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “ShHT amalda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Milliy universiteti va O’zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida tashkil etilib, unda parlament a’zolari, vazirlik va qo‘mitalar vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tyanszin sammitida ilgari surgan tashabbuslari – mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va madaniyat sohasida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “ShHT universiteti” onlayn kampusi, transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish, elektron investitsiya portali hamda ekologik muammolarga qarshi sun’iy intellektni joriy etish tashabbuslari dolzarb ekani ta’kidlandi.
Yakunda Yangi O‘zbekiston tashabbuslari ShHT doirasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, mintaqada barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!