Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida yangi xalqaro aeroport barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Viloyat kadastr boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha uchun jami 1309,76 gektar yer ajratiladi. Shundan:
1075,45 gektari — sug‘oriladigan yerlar,
112,69 gektari — bog‘lar,
0,65 gektari — yaylov va pichanzorlar,
120,97 gektari — boshqa yerlar.
Yerlarning 790,76 gektari O‘rta Chirchiq, 519 gektari Quyi Chirchiq tumanlari hududidan ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar fikricha, bu maydonlar aeroport infratuzilmasi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, sug‘oriladigan yerlar va bog‘larning qisqarishi mahalliy aholining faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Kadastr boshqarmasi barcha yer maydonlari rasman hujjatlashtirilishini, ular kelajakdagi qurilish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilishini ma’lum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!