Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda 949,9 ming xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 319,3 ming nafarga ko‘p bo‘lib, 50,6 foizlik o‘sishni tashkil etdi.
Eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan mamlakatlar:
Rossiya — 194,3 ming
Turkmaniston — 147,8 ming
Qozog‘iston — 102,9 ming
Qirg‘iziston — 82,1 ming
Xitoy — 60,8 ming
Tojikiston — 60,5 ming
Turkiya — 36 ming
Hindiston — 24,9 ming
Italiya — 20,6 ming
Janubiy Koreya — 18,7 ming
Germaniya — 17,3 ming
AQSH — 15,5 ming
Boshqa davlatlar — 168,5 ming
Bundan tashqari, turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 million dollar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida 300–500 gektarlik, yil davomida faoliyat yuritadigan kurort hududlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!