Madaniyat

Buxoroda birinchi Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi

Buxoroda birinchi Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi
Oplus_16777216

Buxoroda “Qalblar dardiga darmon” nomli birinchi Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir butun dunyodan sayyohlar va madaniyat ixlosmandlarini jalb qildi.

Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, biyennale komissari Gayane Umerova, kurator Diana Kempbell hamda arxitektura dasturi badiiy rahbari Vael al Avar nutq so‘zladi. Ular Buxoroni san’at va tarix muloqoti uchun noyob maskan sifatida e’tirof etdilar.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihasi Buxoro Eski shaharini qayta tiklash dasturining bir qismi hisoblanadi. U madaniy turizmni rivojlantirishga hamda milliy merosni zamonaviy yondashuv asosida saqlashga xizmat qiladi.