“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 8-sentabr, dushanba kuni mamlakat hududida asosan biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan ob-havo kutilmoqda.
🔹 Toshkent shahrida yogʻingarchilik bo‘lmaydi, harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
🔹 Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo 27-32 darajagacha, kechasi 13-18 darajagacha bo‘ladi.
🔹 Buxoro va Navoiyda, shuningdek Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunduzgi harorat 30-35 darajani tashkil etadi.
🔹 Qashqadaryo va Surxondaryoda eng yuqori issiq bo‘lib, kunduzgi harorat 33-38 darajagacha yetadi.
🔹 Andijon, Namangan va Farg‘onada havo 30-35 daraja bo‘lishi, ayrim joylarda shamol kuchayishi mumkin.
🔹 Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunduzgi harorat 20-25 darajani tashkil etadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!