Hodisa

Angrenda yuz bergan avtohalokatda 7 kishi halok bo‘ldi

Angrenda yuz bergan avtohalokatda 7 kishi halok bo‘ldi

7-sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi sement tashuvchi yuk mashinasi temiryo‘l kesishmasida to‘xtab turgan yuk avtomobillari va yengil mashinalar bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida 7 kishi voqea joyida vafot etgan, 5 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yana 4 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Mazkur holat bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Vaziyat nazoratga olingan.